Hokimga murojaat qilgan fuqaro hibsga olindi

0

10-fevral kuni “Ochiq muloqot” teleko‘rsatuvida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Muzaffar Hoshimov ishtirok etgan, deb yozadi Uz24.

Foto: Google Images

To‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan ko‘rsatuvda hokim sakson nafarga yaqin shahar aholisining savollariga javob berib, ularning muammolarini eshitgan.

Ular orasida fuqaro J.Orziqulov bo‘lib, u shahar rahbaridan ishga joylashishda yordam berishini so‘ragan. Fuqaro hokimga ahvoli tangligi, aliment to‘lovidan yaxshigina qarz bo‘lib ketgani haqida aytgan.

Murojaatdan so‘ng J.Orziqulov ishli bo‘ladi. Biroq bir necha kun o‘tgach, alimentni vaqtida to‘lamaganlik aybi bilan hibsga olingan. Fuqaro 15 sutkaga qamoqqa olinadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting