O‘zbekiston kran suvi xavfli bo‘lgan 187 ta mamlakat qatoridan joy oldi

0

Globehunters turagentligi AQShning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga tayanib, vodoprovod suvi xavfsiz bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Ro‘yxatga 187 ta mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston, Rossiya va deyarli barcha sobiq ittifoq respublikalari (Estoniyadan tashqari) kirdi.

Ta’kidlanishicha, bu ro‘yxatga kirgan mamlakatlar hududida vodoprovod suvi iflos degani emas, u shunchaki ichish uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin, xolos.

AQSh (Guam orolidan tashqari), Kanada, Avstraliya, Chili, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Norvegiya hamda Yevroittifoqning ko‘pchilik mamlakatlaridagi vodoprovod suvi esa xavfsiz deb topildi.