MTS O‘zbekistondagi korrupsiya uchun maksimal jarima to‘laydi

0

MTS uyali aloqa operatori qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi (SEC) va AQSh Adliya vazirligi bilan kompaniyaning Oʻzbekiston bozoriga kirishi jarayonida korrupsiya daʼvosini hal qilish boʻyicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi “РБК”. 

Foto: Maksim Stulov

AQSh hukumati bilan tuzilgan bitimga koʻra, kompaniya 850 million $ jarimaga tortiladi. Uchinchi chorak natijalariga koʻra, operator oʻtgan yili tegishli miqdorni saqlab qolgan.

“Kompaniyaning kelishuvni imzolashi mantiqiy qadam boʻlib, u MTSga klassik telekommunikatsiya operatorligidan zamonaviy raqamli yechimlar integratori modeliga oʻtish strategiyasini amalga oshirishga toʻliq eʼtibor qaratish imkonini beradi”, — deyiladi uyali aloqa operatori xabarida, deb yozadi “РБК”.

Kompaniya prezidenti Aleksey Kornyaning aytishicha, MTS guruhi rejalashtirilgan kapital xarajatlar doirasida biznesni rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettiradi.

MTS Oʻzbekistonda 2004−2012-yillarda faoliyat olib bordi, keyin esa biznesni toʻxtatdi.

2014-yilda MTS Oʻzbekistonga qaytib keldi, buning uchun kompaniya Oʻzbekiston radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi bilan hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etishiga toʻgʻri keldi. Operator 2016 yili qoʻshma korxonadagi ulushini 1 $ evaziga Oʻzbekiston hukumatiga sotdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting