Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri toliblar bilan Afgʻoniston masalasini muhokama qildi

0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dohada yakshanba kuni “Tolibon” harakati delegatsiyasi rahbari Baradar Oxund bilan uchrashdi va u bilan Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni, shuningdek, Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish masalasini muhokama qildi. Bu haqda toliblar vakili Zabiulla Mujohid xabar berdi, deb maʼlumot tarqatdi Interfaks.

Foto: Flickr

Toliblarning OAV uchun bayonotida aytilishicha, Qatardagi muzokaralarda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev ham ishtirok etgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonda tinchlikka erishish yoʻlida hamkorlik qilish va mamlakat iqtisodiy sektorida yordam koʻrsatish boʻyicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, rasmiy Toshkent vakillarining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston “Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashishni istamaydi”.

Oxund, oʻz navbatida, toliblar Oʻzbekistonning tinch yoʻl bilan yechim topishga qaratilgan saʼy-harakatlarini maʼqullashi haqida maʼlum qildi va Afgʻonistonni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting