Uncle Benʼs vakillari Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti

0

AQSHning Missisipi shtati gubernatori Fil Braynt shu yil aprel oyida Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti.

U Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida 1992-yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon ilk bor mamlakatga keladigan okean ortilik gubernatorga aylanadi. Bu haqda AsiaTimes nashri xabar berdi.

Brayntning tashrifi oʻtgan yil may oyida ikki davlat rahbarlarining tarixiy uchrashuvining mantiqiy davomiga aylanadi.

Alohida taʼkidlash kerak, 2018-yilning oʻzida AQSH kompaniyalari Oʻzbekiston kompaniyalari bilan bir necha milliard dollarlik bitimlar imzolangan edi.

Gubernator Oʻzbekistonga “quruq qoʻl” bilan kelmasligi alohida qayd etilgan. U tarkibida Missisipidagi yetakchi kompaniyalar rahbarlari joy olgan savdo delegatsiyasiga boshchilik qiladi. Ularning ichida Amerikadagi oziq-ovqat sanoatining eng yirik vakillaridan biri Uncle Benʼs ham bor.

Eslatib oʻtamiz, Uncle Benʼs tez pishadigan guruch va u bilan bogʻliq oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanilgan brenddir. Shuningdek, konservalangan sous va ketchuplari ham mashhur. U Twix, Bounty, Orbit va boshqa koʻplab mahsulotlar ishlab chiqaradigan Mars korporatsiyasi tarkibiga kiradi.