Sunday Times: Tramp Kimdan maxfiy zavodni berkitishni talab qildi

0

Oʻtgan haftada Xanoyda AQSH prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokoralarining samarasiz yakunlanganiga shimoliy Koreya rahbariyatining uranni toʻyintirishga moʻljallangan mahfiy zavodni berkitishdan voz kechgani sabab boʻldi, – deyiladi Buyuk Britaniyaning “Sunday Times” gazetasida bosilgan maqolada.

Nashrning maʼlum qilishicha, AQSH delegatsiyasi Xanoydagi sammitda Shimoliy Koreya vakillariga Amerika razvedkasiga Pxenyan yaqinida joylashgan “Kangson” obyekti borligi maʼlum ekanini maʼlum qilgan. Tramp Kimdan mazkur obyekt berkitilishini talab qilgan, ammo Kim rad javobini bergan. Shundan keyin muzokoralar muddatdan avval, tantanali tushlik va biror bir hujjat imzolanmagan holda yakunlangan.

Taʼkidlanishicha, AQSH razvedkasi suniy yoʻldoshdan olingan suratlar tahlili orqali Chxollima shahrida obyekt mavjudligini aniqlagan. Bu inshoatning mavjudligi avval ham maʼlum qilingan, ammo uning mavjudligi Shimoliy Koreyaning Yonbyondagi yadro inshoatiga nisbatan kamroq tilga olinardi.

Donald Tramp Xanoydagi muzokoralar yakunida bergan bayonotida, Kim Chen In Amerika barcha sanksiyalarni bekor qilgan taqdirdagina yadro qurollaridan voz kechishini aytgani tufayli sammitni tark etganini maʼlum qilgan edi. KXDR vakillarining bayonotiga qaraganda, gap barcha sanksiyalarni bekor qilish haqida emas, balki aholining keng qatlamini qamrab olgan sanksiyalar haqida borayotgani aytishadi.

Shu bilan birga AQSH rahbariyati muzokorallar davom ettirilishiga tayyor ekanliklarini aytishadi. Yakshanba kuni AQSH va Janubiy Koreya bayonot berib, har yili oʻtkaziladigan yirik qoʻshma mashqlar KXDR bilan muzokoralar qayta tiklanishi uchun bu yil oʻtkazilmasligini maʼlum qildilar.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting