Saudiya Arabistoni hukumati bin Ladenning o‘g‘lini fuqarolikdan mahrum qildi

0

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al-Saud 2011-yilda o‘ldirilgan “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti rahbari Usama bin Ladenning o‘g‘li Hamza bin Ladenni fuqaroligidan mahrum etish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: © AP Photo / CIA

“IIV Hamza Usama Muhammad bin Ladenni Saudiya Arabistoni fuqaroligidan mahrum etish to‘g‘risidagi 15690-sonli farmon chiqqanini e’lon qildi”, — deyiladi xabarda.

28-fevral kuni AQSh davlat departamenti Hamza bin Ladenning qayerda ekanini ma’lum qilgan odamga million dollar mukofot va’da qilgan. U “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining boshliqlaridan biri hisoblanadi.