Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu korrupsiyada ayblanmoqda

0

Isroil bosh prokurori mamlakatning bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni pora olish, firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblamoqchi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ayblovning haqiqiyligi zaruriy suhbatlarning natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu saylovlardan keyin 9-aprelda bo‘lib o‘tishi mumkin. Isroil bosh vazirining bosh prokurorni ayblov nohaqligiga ishontirishga imkoni bor.

Ta’kidlanishicha, Netanyaxuga qarshi olib borilgan tergov kelayotgan saylov kampaniyasida o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting