Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan oʻquvchi qizlar oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi

0
VF5A4530
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi sport majmuasida Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi taʼlim muassasasi oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi. Unda “Internatsional House – Toshkent” akademik litseyi, Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji hamda 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirok etishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

02 28 2019 MXSKA TOYIROV.00 23 05 05.Still001
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
мхск
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur musobaqada jamoa a’zolari stol tennisi, minifutbol, shaxmat va shashka, qisqa masofaga yugurish kabi sportning bir nechta turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqa yakuniga koʻra, birinchi oʻrin akademik litsey jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi oʻringa esa kollej hamda maktab oʻquvchilari egalik qilishdi.

VF5A4449
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir soʻnggida Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Shuningdek, gʻolib jamoalarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.