GM Uzbekistan xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

0

GM Uzbekistan shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yoʻli bilan fuqarolarning mablagʻlarini oʻzlashtirayotgan “tadbirkorlar”ning firibgarlik faoliyati yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Foto: GM

Xabarda qayd etilishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun oʻnlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.

“GM Uzbekistan” AJ yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shugʻullanishini maʼlum qilgan holda ogoh boʻlishni, firibgarlarning qurboniga aylanmaslikni soʻragan.

Kompaniya rasmiy dilerlarining toʻliq roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.