Mart oyidan kontraktlar narxi oshadi – OAV

0

Mart oyidan kontraktlar narxi oshadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekistondagi mahalliy OAVlar.

Foto: AzerNews

“2018 yil 13 oktyabrdagi prezident Farmoniga binoan, 1 noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorlari 10% ga oshirilgan edi. Xabaringiz bor, oʻtgan yili ilk marotaba OTMlardagi toʻlov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bogʻlab qoʻyilgandi. Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi”, – deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda.

Demak, noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab oʻquv yilining 2-yarmi uchun toʻlanadigan kontraktga taʼsir qiladi.

Xususan, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha boʻladi:

BAKALAVRIAT (kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim uchun)

1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 soʻm
2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 soʻm
3-toifa: 50 barobar – 10 mln 136 ming 500 soʻm
4-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 soʻm
5-toifa: 60 barobar – 12 mln 163 ming 800 soʻm

Toifalarga qaysi taʼlim yoʻnalishlari toʻgʻri kelishini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

MAGISTRATURA

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 soʻm
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 soʻm
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 soʻm
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 soʻm
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 soʻm

Taʼkidlanishicha, kontraktini oldindan 1 yillik toʻlab qoʻygan talabalar 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qoʻshimcha toʻlov qilishlariga toʻgʻri keladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting