Uzbekistan Airways muhim axborot bilan chiqdi

0

Uzbekistan Airways Hindiston, Pokiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlar boʻyicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: Sputnik

“Afgʻoniston va Pokiston chegara zonalarida beqaror vaziyat tufayli Hindiston, Pokiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlar jadvalida oʻzgarishlar boʻlishi mumkin”, – deyilgan aviakompaniya xabarida.

Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabarida aytilishicha, aviakompaniya vakolatxonalari yoki uchish aeroportlarida parvoz haqida maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarur boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 27-fevral kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Amritsar yoʻnalishi boʻylab parvoz qilayotgan samolyoti Toshkentga qaytishga majbur boʻldi.

Bunga Pokiston va Hindiston orqali tranzit qatnovlarining yopilishi, xususan, Pokiston hukumati tomonidan maʼlum bir havo hududida parvozlarni amalga oshirish uchun taqiqlov sabab boʻldi.

Hozirgi vaqtda Hindiston va Pokiston chegara viloyatlari parvozlar uchun yopilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting