Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

0

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya 5−7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

25 fevral kuni O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimovning JBT bosh kotibiyati kanselyariyasi ijrochi direktori Alan Xarrison bilan uchrashuvida Kunio Mikuriya tashrifining asosiy bandlari kelishildi.

Tomonlar tashkilot tomonidan O‘zbekiston bojxona xizmatining xavfsiz yetkazish, intellektual mulkni himoya qilish kabi sohalarda qayta tashkil etish tizimlariga yordam ko‘rsatilishiga kelishdi.

JBT «Aeroportda yo‘lovchilar va yuklarni nazorat qilish», «Bojxona nazorati faoliyati samaradorligini baholash usullari» yo‘nalishlarida O‘zbekiston bojxona vakillari uchun seminarlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting