To‘qimachilik sanoati bo‘yicha bangladeshlik ekspert seminar o‘tadi

0

Joriy yilning 1-mart kuni soat 18:30 da GroundZero Technoplazada Bangladeshlik taniqli ekspert ishtirokida to‘qimachilik sanoati bo‘yicha axborot seminar bo‘lib o‘tadi. Seminarni “Best Sourcing” bosh direktori, “Bangalore RMG Centre” prezidenti janob Mehdi Mahbub olib boradi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Seminar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish borasida so‘z boradi. “Bangladesh to‘qimachilik sanoati: o‘tmish, bugun va kelajak – O‘zbekiston uchun darslar” mavzusidagi taqdimot Bangladeshning o‘ziga xos yo‘li misolida bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakatning to‘qimachilik sohasidagi imkoniyatlari qiyoslanib, afzalliklar va kamchiliklar muhokama qilinadi.

Shuningdek, eng so‘nggi xalqaro standartlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu tadbir to‘qimachilik sanoati sohasida xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va almashish uchun muhim qadamdir.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan “Bangalore RMG Centre” bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan seminarni ekspert ingliz tilida olib boriladi va sinxron tarjima yo‘lga qo‘yiladi. Uchrashuvga mutaxassislar, jurnalistlar va sohaga qiziqqanlar barcha ishtirok etishlari mumkin.