Poroshenko prezidentlikdan keyin nima bilan shug‘ullanmoqchi ekani haqida gapirdi

0

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezidentlik davri tugagandan so‘ng u uchun “arzirli ish” borligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Bu gapni prezident Pereyaslav-Xmelnitskiy shahrida “Yoshlarning fikri muhim. NATO va YeIdagi istiqbollar” forumida aytgan.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, “prezidentlik xotimasi”dan so‘ng u o‘zi “orzu qilgan” “arzirli ish” bilan shug‘ullanadi. Prezident Ukrainadan chiqqan Yevroparlament deputati bo‘lishni xohlashini ta’kidlagan.

Shuningdek, prezident uni bunday lavozimga faqatgina Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat yo‘naltirishi mumkinligini aytgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting