Qoʻqon garnizonida yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi

0

Fargʻona viloyati Bogʻdod, Uchkoʻprik, Oʻzbekiston hamda Beshariq tumanidagi maktab va kollej oʻquvchilari uchun Qoʻqon shahridagi harbiy qismda ekskursiyasi tashkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida 600 nafardan ziyod yoshlar uchun harbiylar tomonidan qoʻl jangi chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy alpinizm togʻ aslahalari koʻrgazmasi oʻtkazildi. Shuningdek, baʼzi davlatlarda yuzaga kelayotgan notinchliklar sahna koʻrinishi orqali ifoda etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, yigit-qizlar ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish, havo desant hamda togʻ tayyorgarligi shaharchasida boʻlishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Sport shaharchasida esa oʻquvchilar bilan askarlar oʻrtasida minifutbol, turnik tortilish va boshqa sport turlari boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir soʻnggida musobaqa gʻoliblariga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.