Samarqandlik yoshlar bilan vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0

Samarqand shahridagi harbiy qismda “Vatanparvarlikni chinakam eʼtiqodga aylantiraylik!” mavzusida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Unda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Dastlab festivalda Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan sport texnikalari namoyish etildi. Shundan soʻng oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, harbiylar bilan sport musobaqalarida qatnashdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir soʻnggida konsert dasturi taqdim etildi. Musobaqa gʻoliblari esa munosib taqdirlandi.