Dala oʻquv maydonida ilk bor kitob yarmarkasi oʻtkazildi

0

Kecha, 18 fevral kuni Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Namangan viloyatidagi “Chorsu” poligonida ilk bor kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dala oʻquv maydonida jangovar, ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazilayotgan bir paytda Toshkent shahridagi “Jasmin imkon parvoz pochtasi” MCHJ xodimlari tomonidan kitob yarmarkasini tashkil etilishi harbiylarga koʻtarinki kayfiyat, maʼnaviy madad bagʻishladi.

Bundan tashqari, harbiylarning oila aʼzolariga Qoʻqon shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida bo’sh ish o’rinlar mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Qoʻqon shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur yarmarkada 35 ga yaqin korxona va tashkilotlardan 195 ta boʻsh ish oʻrinlar taklif etildi. Tadbirda ishga joylashish uchun 16 nafar harbiy xizmatchining oilasiga yoʻllanma berildi.