Kattaqoʻrgʻon shahridagi maxsus internat maktabiga​ maishiy texnika sovgʻa qilindi

0

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqoʻrgʻon uy-joydan foydalanish qismi jamoasi shahardagi 5-sonli yordamchi maxsus internat maktabiga tashrif buyurishdi. Bu haqda adliya kapitani Oybek Hakimov maʼlum qildi.

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilari harbiylarga va Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga oʻz qiziqishlari, kelajakdagi orzu-istaklari haqida gapirib berishdi. Davrada sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Tadbir soʻnggida Kattaqoʻrgʻon shahridagi uy-joydan foydalanish qismi tomonidan maktab jamoasiga maishiy texnika – kiryuvish mashinasi topshirildi.