Qurolli Kuchlar akademiyasida Harbiy sudyalar tomonidan mashgʻulot tashkil etildi

0

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Harbiy sudyalar tomonidan oʻqituvchi ofitserlar, kursantlar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilariga mashgʻulotlar tashkil etildi. Bu haqda Akademiya ofitseri mayor Xolmuhammad Joʻraboyev maʼlum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashgʻulot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy Sudining sudyasi U. Shokirov hamda Toshkent harbiy sudining raisi O. Ilxomjonov ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga qabul qilinayotgan huquqiy-normativ hujjat talablari, ularning mazmun-mohiyati yetkazildi.

Harbiylar oʻzlarining qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.