Samarqand shahridagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

0

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahri Uzoq lager dahasidagi harbiy qismda oʻquvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida 200 nafardan ziyod maktab va kollej oʻquvchilari uchun harbiy qismda koʻrgazmali mashgʻulotlar tashkil etildi. Oʻq otish trenajyori sinfida askarlar hamda yoshlar oʻrtasida musobaqa barchada katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, yigit-qizlar ekskursiya davomida harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishishdi.

Vatan himoyachisi boʻlishni maqsad qilgan oʻquvchilar esa harbiy akalaridan tegishli tavsiyalar hamda yoʻl-yoʻriqlar olishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir soʻnggida Samarqand shahridagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan kuy va raqslar ijro etildi.