Xalqaro toifadagi harbiy sportchilar “Toshkent dengizi”da yoshlarga master-klass oʻtdi

0
VF5A3217
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Toshkent viloyati Tuyaboʻgʻiz suv omborida (“Toshkent dengizi”) joylashgan Mudofaa vazirligi sport klubi bazasida Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari hamda Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji talabalari uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha halqaro toifadagi sport ustalari tomonidan master-klass mashgʻulotlari oʻtkazildi

VF5A3312
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
VF5A3143
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashgʻulotlar davomida yoshlarga baydarka va kanoeda eshkak eshish usullari amalda koʻrsatib berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga suv sportining turlari, kelib chiqish tarixi, bugungi istiqboli hamda jahon arenasida mamlakatimiz harbiy baydarkachilari erishgan yutuqlari haqida ham koʻplab qiziqarli maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Ayniqsa, Jahon kubogi sovrindori, koʻplab halqaro musobaqalar ishtirokchisi, navbatdagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan irodali parakanoechi Azizbek Abduhabibov bilan suhbat yoshlarda alohida qiziqish uygʻotdi.

VF5A3800
foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
VF5A3732
foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir soʻngida mazkur sport turi bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar sport klubi toʻgaragiga shu yerning oʻzida aʼzo boʻlishdi.