Toshkentda Turkmaniston savdo uyi ochiladi

0

Toshkentda Turkmaniston savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashuvida soʻz bordi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Turkmanistondan O‘zbekistonga asosan neft va neft mahsulotlari, jihozlar, polimerlar va boshqa kimyoviy tovarlar yetkaziladi.

Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Chilonzor tumanining Muqimiy ko‘chasida joylashgan elchixona yer uchastkasida diplomatik vakolatxona xodimlari uchun turar joy qurilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.