Ixtiyor Abdullayev DXX rahbari lavozimini tark etdi, uning o‘rnini Abdusalom Azizov egalladi

0

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli oʻz lavozimini tark etdi, deya xabar qildi “Gazeta.uz“.

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan (keyingi bir yilda boʻyin va bel umurtqa pogʻonasida ikki marta ogʻir jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan) lavozimidan ozod etildi.

Ixtiyor Abdullayev 2018 yil 31 yanvar kuni DXXga rahbar bo‘lgan edi. 2015 yildan u O‘zbekiston bosh prokurori, 2009 yildan — prezidentning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Uning o‘rnini sobiq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov egalladi. Abdusalom Azizov (1960 y. t.) 2017 yil sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

General-mayor Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlangunga qadar 2018 yil fevralidan mudofaa vaziri oʻrinbosari, Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini oʻz ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. 2015 yil dekabridan u IIBB rahbari sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting