Harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk bor insholar tanlovi oʻtkazildi

0
33
marta oʻqilgan

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Bobur – armiya yoshlari nigohida” mavzusida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda mingdan ortiq yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etib, Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlar bosqichidan oʻtishdi.

Xususan, Qarshi, Термиз garnizonidagi harbiy qismda oʻtkazilgan tanlovda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy sanʼatdagi yutuqlari, hayoti va ijodi taʼsirchan va original yondashuvlar asosida ochib berildi.

Mazkur tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Gʻuzor tumani Kengashi, Жанубий тезкор йўналиш қўмондонлиги tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, Qurolli Kuchlar tizimidagi ilk bor Z.M.Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlab, insholar tanlovi oʻtkazilmoqda. Mazkur tanlovning yakuniy bosqichi 14 fevral kuni boʻlib oʻtadi.