Harbiylar tomonidan mahallarda aholini qiynayotgan muammolar oʻrganilmoqda

0

Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari hamda Qurolli Kuchlar akademiyasining bir guruh oʻqituvchilari tomonidan aholini qiynayotgan muammolar oʻrganilmoqda. Bu haqda “Mahalla” gazetasi muxbiri maʼlum qildi.

mahalla3

Jumladan, Hamid Olimjon mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Sobirjon Soatov hamda 2-guruh nogironi Dilbar Abdullayevaning xolidan xabar olindi. Suhbat jarayonida Sobirjon Soatovning nevarasi Bahodir Sobirjonovni Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi bois amaliy koʻmak soʻradi. Hozirgi vaqtda mazkur holat sabablari targʻibot guruhi tomonidan oʻrganilmoqda.

mahalla2

Bundan tashqari, yoshlarni harbiy vatanparvarlik boʻyicha tarbiyalash, ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xoʻjaligi muhandislari mexanizatsiyalash instituti qoshida “International house – Toshkent” akademik litseyining aniq fanlar yoʻnalishidagi 1-bosqich oʻquvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

mahalla1

Bu kabi tadbirlar Mirzo Ulugʻbek tumanining barcha mahallalarida davom etmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Endilikda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi amaliy ishlarni olib borishda Mudofaa vazirligi masʼul etib tayinlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting