2018-yil oxiriga kelib Qirgʻizistonga toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 70 mln. dollarga yetdi

0

“Oʻztoʻqimachiliksanoat“ uyushmasi Qirgʻiziston Respublikasi sanoat, energetika va yerosti boyliklaridan foydalanish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari J. Saginbayev boshchiligidagi ishbilarmon doiralar delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda uyushma matbuot xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmining kengayishi va diversifikatsiya qilish kuzatildi. 2018-yil oxiriga kelib Qirgʻizistonga toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 70,0 million dollarni tashkil etdi.

Uchrashuvda toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasida ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xususan toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini targʻib qilish va sotish, tayyor mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish va ularning keyinchalik uchinchi mamlakat bozorlariga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikkala mamlakat toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar ham oʻtkazildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi “Bakan Tex“ va “Uztex Group“ korxonalarida boʻlib, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishadi.