Vestminster Universiteti «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi»ning milliy turnirini oʻtkazdi

0
58
marta oʻqilgan
Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

2019-yil 6-fevral kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) oʻz hududida ikkinchi marotaba Filip Jessap nomidagi Xalqaro tanlovning (The Philip C. Jessup International Moot Court Competition) Milliy Turniri ishtirokchilarini qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.uz”ga oʻquv yurti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Bu yil Vashingtonda Oʻzbekiston vakili boʻlish huquqi uchun Toshkentdagi uchta oliy oʻquv yurtlari – Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Davlat Yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari raqotbatlashdilar.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Milliy chempionat natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi jamoa Vashington (AQSh, Kolumbiya okrugi) xalqaro turnirlarida Oʻzbekiston vakili boʻlish huqukiga ega boʻladi.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Gʻarb taʼlim tizimi doirasida juda mashhur boʻlgan sahnalashtirilgan sud jarayonlari talabalar uchun samarali taʼlim vositasi boʻlib, amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish imkonini beradi. Mahkama jarayonida amaliy koʻnikma va tajriba mavjudligi, yosh mutaxassislarga boʻlgan talablari ortib borayotgan yirik xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyatni boshlash uchun zarur shartdir.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Ikkinchi bor oʻtkazilayotgan tanlovning avvalgisidan farqi shundaki, bu safargi tanlovda Xalqaro huquq sohasidagi talabalar uyushmasi, dunyo boʻylab Filip Jessap nomidagi Xalqaro tanlovning egasi boʻlgan va boshqaradigan tashkilotning direktori Lesli Bennning ishtiroki boʻldi. Tanlovning milliy bosqichining eksperti sifatida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, ishtirok etishning muhimligi – oʻquvchilar huquqiy tadqiqotlar oʻtkazishi, oʻzlarining ogʻzaki nutqlarini mukammallashtirishi, shuningdek, xalqaro huquqning turli sohalaridagi mutaxassislardan yangi bilimlarni olishda ekanligini taʼkidlab oʻtadi.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Filip Jessap tanlovi 1960-yildan buyon har yili oʻtkaziladi. Bugungi kunda F. Jessap tanlovi huquqshunos talabalar uchun xalqaro huquq boʻyicha dunyodagi eng katta va eng taniqli tanlovdir. Har yilda 100 davlatning 700ta yuridik oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan 3000 dan ortiq talaba ishtirok etadi. Tanlov xalqaro sud jarayonining modeliga asoslangan, butunlay ingliz tilida boʻlib, ikki qismdan: memorandumlar yozish va ogʻzaki nutqlardan iboratdir.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Tanlov gʻolibi boʻlgan jamo aʼzolari Vashingtonda boʻlib oʻtadigan Xalqaro bosqichga yoʻllanma oladi. Dunyoning besh yuzdan ortiq jamoasi ishtirok etadigan ushbu tanlovning yakuniy bosqichi anʼanaviy tarzda Internet orqali jonli efirga uzatiladi va odatda yuz minglab tomoshabinlarni qamrab oladi.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Kun davomida oʻtkazilgan 3 bosqichli tanlovda Toshkentdagi 3 ta universitet talabalari bellashishdi, bular: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Hakamlar gʻolib sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasini eʼlon qildi. Ikkinchi oʻrinni Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti egalladi.

Oʻtgan yilgi tanlovda hakamlar gʻolib sifatida Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti jamoasini eʼlon qilgani haqida xabar qilgan edik. Ikkinchi oʻrinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti egallagan edi.