Afg‘oniston prezidenti “Tolibon”ga mamlakatda vakolatxona taqdim qilishga tayyorligini bildirdi

0

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani 10-fevral kuni “Tolibon” radikal harakati aʼzolariga Qobul, Nangarhar va Qandahor viloyatlarida vakolatxonalar ochishga tayyorligini bildirdi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: cdn.com.do

“Biz mamlakatda barqaror va munosib tinchlik ta’minlaymiz”, — deydi prezident.

O‘tgan hafta “Tolibon” vakillari safar qilishni taqiqlash kabi G‘arbning sanksiyalarini bekor qilishni, mahbuslarni ozod qilishni va harakatlarga qarshi “tashviqotni” to‘xtatishni o‘z ichiga olgan qator talablar orasida rasmiy idora bo‘lishi muhimligini ta’kidlagan.

Dohadagi vakolatxona vakili Muhammad Suhail Shohin, bayonotida, “Tolibon” xalqaro hamjamiyat hamda BMTdan Qatardagi vakolatxonani tan olishni talab qilgan.

U Afg‘oniston prezidenti o‘zining so‘nggi taklifi bilan tinchlikparvarlik harakatiga zarar yetkazishga urinayotganligini qayd etgan.

25-fevral kuni Qatarda Tolibon vakillari va AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod o‘rtasida navbatdagi maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting