Harbiy xizmatchilar bilan huquqiy targʻibotni kuchaytirishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi

0

Samarqand shahridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi binosida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan huquqiy targʻibotni kuchaytirishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi. Bu haqda harbiy qism komandiri oʻrinbosari podpolkovnik Shavkat Abdurahimov xabar berdi.

Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi hamda Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzda tashkil etilib, unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha huquqiy koʻmak va maslahatlar olishdi. Shuningdek, hozirgi vaqtda oilalarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarning sabablari, erkak va ayol kishini oiladagi masʼuliyati xususida mutaxassislarning fikrlari tinglandi.


Tadbir soʻnggida terroristik tashkilot va oqimlarning kelib chiqishi, baʼzi davlatlarda hukm surayotgan notinchliklar haqidagi film namoyish etildi.