Oʻzbekiston artilleriyachilari zamonaviy oʻt ochish usularini qoʻlladi

0

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida “Hududda otishni tashkil etish va oʻt ochishni boshqarish” boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi.

kkk
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Artilleriya boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻquv yigʻinining amaliy mashgʻulotlarida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha artilleriya boʻlinmalari mutaxassislari, oliy harbiy taʼlim muassasalarining artilleriya kafedralari vakillari ishtirok etdi.

jjjj
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Oʻquv mashgʻulotlari davomida 122-mm gaubitsa D-30 hamda BM-21 artilleriya qurollaridan aylanma mudofaa pozitsiyasidan toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga yoʻnaltirib 12-14 km masofalarga hamda safar holatidan 8-9 km masofaga oʻt ochilib, belgilangan shartli nishonlar yakson qilindi. Taktik mashgʻulotlar jarayonida shartli kichik qoʻporuvchi guruhlarni aralash divizion kalonnasiga hujum uyushtirish va zarbani qaytarish, minalashtirilgan hudud toʻsiqlaridan oʻtish, kabi 7 xil koʻrgazmali oʻquv joylari tashkil etildi. Amaliy mashgʻulotlarda toʻxtovsiz oʻt ochishning zamonaviy usuli – artilleriya xalqasi qoʻllanildi. Oʻq otish mashgʻulotlarida yorituvchi va oskolkali-fugasli snaryadlaridan foydalanildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Mashgʻulot yakunida yigʻin ishtirokchilari nazariy imtihon topshiridilar va muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.