Harbiylar bilan oʻquvchilar oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi

0

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi harbiy qismda 82-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan askarlar oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bir qator harbiy fanlar boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlarning guvohi boʻlishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Otish trenajyorida esa oʻquvchilar oʻzlarini merganlik qobilyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Muddatli harbiy xizmatchilar kabi oʻquvchilar sportning arqon tortish, turnikda tortilish, voleybol hamda qisqa masofaga yugurish kabi mashqlarini tengma teng bajarishdi.

Mazkur musobaqada faol qatnashgan yoshlarga harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan fahriy yorliq va kitoblar topshirildi.