Alisher Navoiy gʻazallaridan kuy va qoʻshiqlar ijro etildi

0
бошига

Bugun, 9 fevral kuni Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Jizzax viloyatidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi majlislar zalida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Navoiyshunos olimlar, professor oʻqituvchilar hamda harbiy xizmatchilar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda buyuk mutafakkirning ijod namunalaridan sheʼrlar oʻqildi. Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan yosh Navoiy obrazi gavdalantirildi.

–Shoir va davlat arbobi oʻz faoliyatida hamda yozgan asarlarida insonlarni tushunish va qadrlash, himoya etish hamda ularni savob ishlarga daʼvat qilishni muqaddas vazifa deb bilgan, – deydi podpolkovnik Toʻlqin Xalilov. – Mana shunday ezgu fikrlar hozirgacha oʻz qadri va bahosini yoʻqotmagan. Navoiy asarlari hamisha inson kamoloti uchun maʼnaviy ozuqa boʻlib qolaveradi.

торчилар

Tadbir soʻnggida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat tarmog’i hamda Jizzax garnizoni maʼnaviyat va maʼrifat markazi xonandalari tomonidan Navoiy gʻazallaridan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.