Ivanka Tramp Oq uyda maoshsiz ishlaydi

0


AQSh prezidentining katta qizi Ivanka Tramp rasman Oq Uyga ishga joylashadi. U huddi turmush o‘rtog‘i Jared Kushner kabi maslaxatchi lavozimida, biroq, maosh olmasdan ishlaydi. New York Times‘ning xabariga ko‘ra, Ivanka Trampga Oq Uyning g‘arbiy qismidan xona ajratilgan.

Ivanka Oq Uyda prezident yordamchisi lavozimida ishga kirishadi. Kushner ayni vaqtda davlat rahbarining bosh maslaxatchisi hisoblanadi.

Xabarga ko‘ra, Ivanka Trampning yangi lavozimdagi vazifasi Oq Uy yuristi hamda Ivankaning shaxsiy advokati ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Shuningdek, Ivanka Tramp federal xodimlari amal qiladigan barcha axloq qoidalariga rioya qilish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.