O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga qarashli Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hodimlari bilan profilaktik tadbir oʻtkаzildi

0

O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga qarashli Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hodimlari bilan “Yongʻin profilaktikasi kunlari”ga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

millli gvardiya 2345

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, IIV yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi mutaxassislari hamda Milliy gvardiya hodimlari ishtirok etishdi. Bu haqda o‘quv markazi ofitseri podpolkovnik Shohruh Sayfullayev habar qildi.

Unda aholi turar joy, harbiy shaharcha, harbiy qism, korxona, tashkilot va muassasalarda yongʻin xavfsizligiga eʼtiborni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

  • Milliy gvardiya qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda bir qator profilaktik tadbirlar o‘kazilmoqda, – deydi polkovnik Rustam Fayzullayev. – Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “Yongʻinlar profilaktikasi kunlarini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hodimlari bilan muntazam ravishda davra suhbatlari o’tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir soʻnggida yigʻilganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.