Xalq bankining Farg‘onadagi bo‘limidan 100 ming dollar yo‘qoldi

0

5-fevral kuni Xalq bankining Fargʻona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialidan 100 ming dollar naqd pul yoʻqolgan. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Foto: Novosti Uzbekistana

Tuman IIB navbatchilik qismiga shu kuni soat 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yo‘qolganligi aniqlangani to‘g‘risida xabar bergan.

Hozirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tergov guruhi tuzilib, voqea joyida tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (o‘g‘rilik, juda ko‘p miqdorda) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.