Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari oʻquv-uslubiy yigʻinlarida qatnashdi

0

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining barcha harbiy okruglar dala-oʻquv maydonlarida, shuningdek, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan 5 kun davomida oʻquv-uslubiy yigʻin mashgʻulotlari oʻtkazildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati.

korrespondent uz 0002
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Xususan, “Chirchiq” poligonida Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism va muassasalarning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshliqlari, batalon hamda vzvod komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan bilim va kasbiy malakasini yanada oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar tashkil etildi. Unda qoʻshinlarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini va taʼsirchanligini oshirish, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash kabi mavzularda soha mutaxassislari hamda dinshunos olimlarning maʼruzalari tinglandi.

korrespondent uz 0003
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Shuningdek, organ ofitserlari tomonidan kunduzgi va tungi otish, maxsus taktik, jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlardan amalda bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtdi.

korrespondent uz 0005
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

– Yaqin-yiroq mamlakatlarda yuz berayotgan siyosiy boshboshdoqlikni koʻrib, inson hayotiga rahna soluvchi kuchlarning tazyiqi, tahdidi yana ham ortayotganiga guvoh boʻlyapmiz, – deydi podpolkovnik Davron Usmonov. – Diniy ekstremizm va terrorizm, aqidaparastlik kabi qabih tushunchalar bugunga kelib oʻzining jirkanch qiyofasini namoyon etmoqda. Shunday ekan, globallashuv jarayonida bobolarimiz meʼrosi, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimizni, muqaddas dinimizni turli tahdidlardan asrash, insonlarning hayotga ongli munosabatini shakllantirish buning uchun esa maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini toʻgʻri yoʻnaltirish oldimizda turgan eng katta va dolzarb masalalardan biridir. Bu borada Prezidentimizning 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori oʻziga xos dasturilamaldir.

Yigʻin davomida sanʼat ustalari tomonidan teatr tamoshalari namoyish etildi.