General Motors yillik daromadi 8 milliard AQSh dollarga yetdi

0

2018-yilning toʻrtinchi choragida AQShning yirik avtomobilsozlik kompaniyasi General Motorsʼning (GM) sof foydasi 2017-yilning toʻrtinchi choragida 5,15 milliard AQSh dollar yoʻqotish bilan solishtirganda 2,04 milliard AQSh dollarni tashkil qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Kompaniya ko‘rsatkichlariga AQShdagi soliq islohotlari ta’sir qilgan.

Ishlab chiqaruvchining chorak daromadlari 1,8 foizga ortib, 38,4 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan, bu esa bozor narxining 35,9 milliard AQSh dollardan yuqori bo‘lishiga olib kelgan.

GM o‘tgan chorakda Shimoliy Amerikada kuchli moliyaviy natijalar ko‘rsatgan. Bu yerda kompaniya avtomobillarining o‘rtacha narxi rekord ko‘rsatkichga yetgan — 36 ming AQSh dollar. Foyda marjasi bir chorakda 7,4 foizga oshgan.

2018-yil davomida GM avtomobillarining umumiy sotuv hajmi 12,7 foizga kamayib, 8,384 million donaga yetgan, shimoliy Amerikadagi savdolar esa 2,4 foizga kamayib, 3,49 millionga yetgan, Xitoyda GM 3,65 million dona avtomobil sotgan. Daromad bir foizga oshib, 147 milliard AQSh dollarni tashkil etgan, operatsion foydaning ulushi 8 foizgacha ortgan.

Avtotransport kompaniyasining sof foydasi o‘tgan yil davomida 8,01 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.

Bir yil davomida GM’ning daromadi 6,54 AQSh dollarni tashkil qilgan va 6,25 AQSh dollariga teng bo‘lgan konsensus prognozidan ortgan.

GM prognozlariga ko‘ra, 2019-yilda bir aksiya uchun daromad 6,5-7 AQSh dollarni tashkil qiladi.