Jurnalistlarning milliy guvohnomasi gologramma muhrli ID-karta boʻladi

0

2019-yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistining umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalanmoqda. Unga koʻra, ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID-karta koʻrinishida boʻlib, unda guvohnoma egasi haqida maʼlumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud boʻladi.

Milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (koʻrgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, koʻngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) toʻsiqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting