Financial Times: Tramp davri 30 yil davom etishi mumkin

0

Financial Times sharhlovchisi Gideon Raxman tarixchilar kelajakda 2016-yil voqealarini xalqaro tarixning yangi davri boshlanishi sifatida koʻrib chiqishini taxmin qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Muallif fikricha, populistlar davri ustunlikka erishsa, u 30 yil davom etishi mumkin.

Brexit va Tramp prezidentlik davri boshlangandan so‘ng populistik harakat avj olgan. Hozirda AQSh prezidentining muxlislari ko‘p, ulardan ba’zilari dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarda hukmronlik qiladi.

Trampning “fan-klubi” Yevropaga, misol uchun Polsha va Vengriyaga yoyilmoqda. Yaqin Sharqda ham Saudiya Arabistoni va Isroil rasmiylari sobiq prezident Barak Obamadan ko‘ra Donald Trampni afzal ko‘radi. Braziliyaning yangi prezidenti Jair Bolsonaru ham Trampning muxlisidir.

Bundan tashqari, sharhlovchi butun dunyo bo‘ylab populistik va milliy partiyalar Trampdan o‘rnak olayotganligiga e’tibor qaratadi.