Olga Zabelinskaya Belgiyada ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

0

Olga Zabelinskaya Belgiyada oʻtkazilgan velotrek boʻyicha International Belgian Track Meeting musobaqasida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Foto: MOQ

Velopoygachi Zabelinskaya 2-fevral kuni 192 ballik natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Polsha vakilasi Lotte Kopetski (167 ball), uchinchi oʻrinni esa belgiyalik Marta Yaskulska (159 ball) band qildi.

Olga Zabelinskaya Point Race poygalarida ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi va navbatdagi oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindan belgiyalik Jolen Dor (34 ochko) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka fransiyalik Viktuar Berto (31 ochko) yakun yasadi.

Olga Zabelinskaya bilan bir qatorda Yekaterina Knebeleva va Murod Xolmurodov ham O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi.

Musobaqa 1−3-fevral kunlari Belgiyaning Gente shahrida boʻlib oʻtdi. Sovrinli oʻrinlar uchun 15 davlatdan 11 jamoa qatnashdi. Turnirda 2020 yilgi Tokio Olimpiya oʻyinlari uchun reyting ochkolari oʻynaldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting