Toshkentda Xitoyning “Nanjing Polytechnic” instituti filiali ochilishi mumkin

0

Toshkentda Xitoyning Nanking politexnika instituti (Nanjing Polytechnic Institute) filialini ochish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi, deya xabar qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuoti xizmati.

Foto: Gazeta.uz

Shu munosabat bilan 25−27-yanvar kunlari institut vitse-prezident Chjan Syaojun boshchiligida delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tashrifining maqsadi — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oliy taʼlim sohasida aloqalar oʻrnatish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir. Xususan, manfaatdor vazirliklar va idoralarda bir qator uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazilib, kasb-hunar kollejlari faoliyati bilan tanishildi, Toshkentda Nanking politexnika instituti filialini ochish imkoniyatlari oʻrganib chiqildi.

Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika markazi bilan muzokaralar oʻtkazildi. Bunda Nanking politexnika instituti bilan qoʻshma dastur, qoʻshma fakultet hamda toʻlaqonli filial tashkil etish boʻyicha ishlarni boshlash yuzasidan kelishib olindi.

Nanking politexnika instituti Oʻzbekistondagi filialida darslarni ingliz va xitoy tilida olib borish rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekistonda oʻqiydigan talabalarni Nanking politexnika institutiga oʻqishga yuborish, 2+2, 1+3, 3+1 formatida talabalar oʻqishini tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalarini Nanking politexnika institutida menejment, raqamli biznes, elektron tijorat yoʻnalishlaridaoʻqitishga qiziqish bildirdi.

“Oʻzstandart” agentligi mutasaddilari esa kimyo texnologiyalari sohasida oʻz xodimlari malakasini oshirishi tozimligini qayd etdi.

Tomonlar mazkur muloqotlarni davom ettirish va Oʻzbekiston delegatsiyasini Xitoyga amaliy tashrif buyurishiga kelishib oldilar.

Nanking politexnika instituti 1958 yilda Nanking shahrida (Jiangsu provinsiyasi, XXR) viloyat hukumati tomonidan tashkil etilgan boʻlib, Xitoyning top-83 oliy oʻquv yurtidir. Institut kampus bilan 740 akr maydonni oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda oliy oʻquv yurtida 10 mingdan ziyod talaba 40 dan ziyod mutaxassislik boʻyicha taxsil oladi. Institut qoshida 12 ta kollej mavjud.

Institut dunyodagi 17 ta mamlakat va 40 dan ortiq kollejlar va taʼlim muassasalari bilan xamkorlik qiladi. Institutda 500 nafar xorijiy talabatahsil olib kelmoqda, shundan 33 nafarini oʻzbek yigit-qizlari tashkil qiladi. Institut shuningdek, xorijlik talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Xalqaro talabalar stipendiyasi” ni tashkil qilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting