Toshkent – Bishkek avtobus qatnovi qayta tiklandi

0

“Toshkent – Bishkek” avtobus qatnovi, 1-fevraldan kuchga kirgan jadvalga muvofiq, qayta tiklandi, deb xabar qilmoqda Qirgʻiziston Transport va yoʻllar vazirligi.

Foto: Google Images

“Yangi jadval oʻzaro muvofiqlashtirilguniga qadar “Toshkent – Bishkek” qatnovi amalga oshirilishda davom etadi. Ayni damda transpor vazirligi Oʻzbekiston avtomobil transporti vazirligi bilan yangi jadvalni muvofiqlashtirmoqda” – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Qirgʻiziston transport vazirligi Qozogʻiston infratuzilma va rivojlanish vazirligi bilan “Toshkent – Bishkek” qatnovining Qozogʻiston hududidan tranzit oʻtishi borasida muzokaralar oʻtkazgani va tomonlar ushbu yangi jadvali boʻyicha konsensusga erishgani xabar qilingan.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyining boshida yangi jadval Qozogʻiston tomonidan tasdiqlanmagani tufayli, ushbu avtobus qatnovi vaqtincha toʻxtatilgan edi.