Fohishalikka yuborilayotgan ayollar Toshkent aeroportida toʻxtatib qolindi

0

Shu yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Istambul shahriga 2 nafar ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki aʼzosi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Sof.uz

Jinoiy guruh aʼzolari Istambul shahrida qoʻshmachilik bilan shugʻullanuvchi oʻzbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning koʻmagida aviachiptalar sotib oladilar. Ular Istambulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 AQSh dollari ishlab berish sharti bilan kelishadilar. Daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan 1983-yilda tugʻilgan Q.A. va 1985-yilda tugʻilgan U.M.(ayol)ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting