Soʻrovnoma: 40% ishtirokchining sport bilan shugʻullanishga vaqti yoʻq

0

U-Report yoshlarning sportga boʻlgan munosabatini oʻrganish, sport bilan shugʻullanishda mavjud boʻlgan toʻsiqlarni aniqlash va ularning sport bilan shugʻullanishlari uchun nima kerakligi toʻgʻrisida ushbu soʻrovni oʻtkazdi.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi sog’lom turmush tarzini ommalashtirishni va yoshlar sport bilan shug’ullanishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishni maqsad qilgan. So’rov yoshlarning sport bilan shug’ullanishiga to’sqinlik qilayotgan muammolar, imkoniyatlar va sport komplekslarining qulayligi va boshqa masalalar haqida bilishga imkon beradi.

Oʻtgan yilning 20-sentabr kuni jismoniy tarbiy va sport masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hududlarda sport inshootlarning qurilishi keskin orqada qolayotganini tanqid qilgan edi. 2019-yilning 15-yanvarida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining faoliyatini tashkil etish” toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bosh Vazir ushbu fondning Kuzatuv Kengashining raisi etib tayinlandi.

Sport haqidagi so’rovda mamlakat bo’yicha 1600dan ortiq respondent ishtirok etdi.

Yoshlarning “Siz sport bilan shugʻullanasizmi?” degan savolga bergan javoblariga koʻra quyidagi maʼlumotlar olindi:

Ishtirokchilarning 28%i sport bilan umuman shugʻullanmasliklarini qayd etishdi. Biz ularga nima uchun sport bilan shugʻullanmasliklarini soʻradik:

Ishtirokchilarning deyarli 40%i “Vaqt yo’q” degan javobni belgilashdi. Respondentlarning 23%i dangasaligi tufayli sport bilan shug’ullanmasa, yana 16%i sport bilan shug’ullanishga joy yo’qligini aytib o’tishdi. 8% yoshlar sportga umuman qiziqishmaydi. 6% ishtirokchilar sog’lig’i tufayli sport bilan shug’ullanmasligini, va 5% esa sport anjomlarining yetarli emasligini sabab qilib ko’rsatishdi.

2% ishtirokchilar sport bilan shug’ullanishga “Oilam ruxsat bermaydi” deb javob berishdi, va bularning barchasi ayollar ekani aniqlandi.

Shuningdek, biz yoshlar orasida qaysi sport turi mashhur ekanini bilib oldik. So’rov ishtirokchilaridan qaysi sport turi bilan shug’ullanishni xush ko’rishi to’g’risida so’ralganida quyidagi javoblarni oldik:

  1. To’pli o’yinlar (futbol, basketbol, volleybol, gandbol, va boshqalar) – 39%
  2. Jangovar sport turlari (boks, karate, taekvando, kikboks, kurash, dzudo va boshqalar) – 16%
  3. Yengil atletika o’yinlari (yugurish, uzoqqa sakrash va boshqalar)– 14%
  4. Suv sporti o’yinlari – 9%
  5. Raketkali sport o’yinlari (tennis, stol tennis, badminton va boshqalar) – 8%
  6. Og’ir atletika – 6%
  7. Badiiy gimnastika – 5%
  8. Klassik sport o’yinlari (shaxmat, shashka va boshqalar) – 2%
  9. Qishgi sport o’yinlari – 1%

Respondentlarning yarmidan koʻpi (55%) sogʻliqni mustahkamlash – sport bilan shugʻullanishining asosiy sababi ekanligi, va shularning qariyb 64%i erkaklar va 36%i ayollar ekani aniqlandi. Respondentlarning deyarli uchdan biri (30%) sport bilan shunchaki qiziqish uchun shugʻullanishlarini aytishgan boʻlsa, qolgan ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqdagi yulduzlar (2%), doʻstlar va qarindoshlar (6%) yoki sportdagi yutuqlar va karyera (6%) ularni sport bilan shugʻullanishlariga undashini aytib oʻtishdi. Shu oʻrinda, ishtirokchilarning yoshi oshib borgan sari ularning orasida sogʻligʻi tufayli sportga qiziqishi ham ortib borishi aniqlandi.

Biz U-Reportyorlarimiz odatda qayerda sport bilan shug’ullanishlarini bildik. 37% respondentlar o’zlarining maktablari yoki OTM zallarida sport bilan shug’ullansa, pullik sport zallarida sport bilan mashg’ul bo’ladigan yoshlar 24%ni, shulardan 30%i ayollar va 70%i erkaklar ekani aniqlandi. 24% respondentlar ko’chalarda yoki parklarda sport bilan shug’ullanishar ekan. Jamoat stadionlarida 14% yoshlar sport bilan shug’ullanishadi, va ularning 85%i erkaklar ekani aniq bo’ldi.

Pullik sport zallarining narxlari 40% ishtirokchilar uchun qimmat ekanligi, 28% ishtirokchilarimiz uchun narxlar ma’qul kelishi, va qolgan 32% ishtirokchilar bu haqida hech qanday ma’lumotga ega emas ekanlar.

Sizning shahringizda professional sport bilan shug’ullanish uchun imkoniyatlar bormi? – deya keying savolimizni berdik. 46% ishtirokchilar bunday sharoitlar mavjudligini, 41% respondentlar esa teskari javobni berdilar. 13% respondentlar esa bu savolga javobni bilmadilar.

Quyidagi jadvalda yoshlar stadion qurish uchun aytgan eng ko’p uchragan shahar va tumanlar keltirilgan:

Andijon Shahrihon
Asaka
Jalaquduq
Paxtaobod
Qo’rg’ontepa
Buxoro Shofirkon
Qo’ng’irot
Kogon
Jondor
G’ijduvon
Farg’ona Uchko’prik
Qo’qon
Bag’dod
Furqat
Beshariq
Jizzax Sharof Rashidov
G’allaorol
Baxmal
Do’stlik
Arnasoy
Namangan Pop
Chortoq
Mingbuloq
Uchqo’rg’on
Chust
Navoiy Xatirchi
Karmana
Zarafshon
Qiziltepa
Nurota
Qashqadaryo Kitob
Shahrisabz
Chiroqchi
Yakkabog’
Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus
Ellikqal’a
Qorako’l
Amudaryo
Beruniy
Samarqand Payariq
Ishtixon
Kattaqo’rg’on
Nurobod
Oqdaryo
Sirdaryo Guliston
Boyovut
Sardoba
Oqoltin
Sayhunobod
Surxondaryo Oltinsoy
Denov
Sho’rchi
Muzrobot
 
Toshkent Yususobod
Chilonzor
Mirobod
Yakkasaroy
Yashnabod
Xorazm Shovot
Urgench
Hazorasp
Xiva
Yangibozor

Shuningdek, ushbu savolga javob bergan 13% respondentlar o’zlari yashab turgan shahar va tumanda ochiq stadion borligini qayd etishdi.

Keyingi savol yoshlarni sport bilan shug’ullanishlari uchun qanday sport anjom va jihozlarini xohlashlarini aniqladi:

  1. Og’ir atletika sport jihozlari: trenajyorlar, gantellar, shtangalar va boshqalar – 26%
  2. Yengil atletika sport aksessuarlari (turniklar, arqonlar, sakragichlar) – 23%
  3. Turli hajmdagi to’plar (futbol uchun, basketbol uchun, volleybol uchun) – 18%
  4. Jangovar sport anjomlari (qoplar, qo’lqopi, og’ir to’plar, maxsus kiyimlar, tatami, mat, maxsus gilamlar) – 4%
  5. Suv sporti jihozlari (ko’zoynaklar, bosh kiyimlar, burun yopqichlar) – 4%
  6. Velosport aksessuarlari (dubulg’a, ehtiyoq vositalari) – 3%

Tahlil natijalari:

  1. 28% ishtirokchilar sport bilan umuman shug’ullanmasliklarini, va asosiy sabab qilib vaqtning yo’qligi (40%) va yetarlicha motivatsiya yo’qligini (23%) aytishdi.
  2. Sport bilan shug’ullanish uchun oilasi ruhsat bermasligini (2%) aytishgan ishtirokchilarning barchasi ayollar.
  3. 46% ishtirokchilar o’zlarining shaharlari/tumanlarida professional sport bilan shug’ullanish uchun sharoitlar borligini aytishgan bo’lsa, 41% ishtirokchilarda bunday imkoniyat yo’qligini aytishdi.

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1600 ga yaqin respondentlarning fikridir.