Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezident tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etadi.