Afsonaviy futbolchi Roberto Karlos O‘zbekistonga keldi

0

28-yanvar kuni jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyurdi. Braziliyalik jahon chempioni Toshkent shahrida turli tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

Jumladan, afsonaviy futbolchi ishtirokida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida master-klass tashkil etildi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta taym davom etdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p tepdi.

Soat 15:00 da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi va sovgʻalar taqdim qildi. Soat 16:00 da esa Milliy olimpiya qoʻmitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting