“Tolibon” harakati bilan AQSh harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqish haqida bitim kelishildi

0

AQSh “Tolibon” harakati bilan harbiylarni olib chiqish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini kelishdi deya xabar qildi RIA Novosti New York Times nashriga tayanib.

Foto: AP

Unga koʻra, harbiy toʻqnashuvlarni tugatish  va toliblarni Afgʻoniston hukumati bilan muzokaralar evaziga AQSh oʻz harbiylarini hududdan toʻliq olib chiqishi mumkin. Buni AQSh davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad tasdiqladi.

Bundan avval Reyter agentligi oʻz manbaasiga tayangan holda, Vashinton va “Tolibon” Qatarda bir necha kun davom etgan muzokaralar natijasida Afgʻonistonda 17 yillik qarama-qarshilikni toʻxtatish boʻyicha dastlabki kelishuvlar erishilganligi maʼlum qilingandi. Buning ortidan Vashington oʻz qoʻshinlarini mamlakat hududidan olib chiqishi mumkin.

Dastlabki hujjat loyihasi Afgʻonistondan 18 oy muddat ichida xorijiy kuchlarni olib chiqilishi va “Al-qoida” va “Islom davlati” terrorchilik guruhlari tomonidan mamlakat hududidan foydalanilmasligi toʻgʻrisidagi kafolatlarni oʻz ichiga olgan.l

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting