Suriya birinchi xonimi Asma Asad saraton kasaliga qarshi kurashmoqda

0

Suriya birinchi xonimi Asma Asad oʻtgan yilning avgust oyida saraton bezini olib tashlash boʻyicha operatsiyani boshidan oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda ABC News.

Foto: Instagram

Bashar Asadning 43 yoshli rafiqasi 2018-yilning avgust oyidan beri koʻkrak saratoniga qarshi kurash olib bormoqda. Dastlabki bosqichda u kimyoviy davolanishdan oʻtgan.

“Asad xonim zararli koʻkrak saratoniga qarshi davolanishni davom ettirmoqda. Harbiy gospitalda oʻtkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli boʻldi”, – deyilgan Suriya prezidenti maʼmuriyati xabarida.

Asma Asad xonimda koʻkrak saratoni kasalligi topilgani haqida, dastlab 2018 yilning avgust oyida maʼlum boʻlgan edi. Birinchi xonimning oʻzi bu haqida fuqarolarga eʼlon qilgan edi.