Yevroittifoq O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mln yevro ajratadi

0

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishini qoʻllab-quvvatlash loyihasi uchun 5 million yevro ajratadi. Bu haqda tuzilmaning mamlakatdagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays maʼlum qildi, deya xabar beradi Spot.

Foto: China Daily

Loyiha BMT Xalqaro savdo markazi hamda Butunjahon savdo tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Yevroittifoqning loyihalarni tasdiqlash jarayoni ma’lum vaqt talab qilishini inobatga olib, Xalqaro savdo markazi buni kutib o‘tirmay tez orada loyihani amalga oshirishga kirishadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting